18 Мар 2025

Innovatsion texnologiyalar samaradorligi tahlil qilindi.

Innovatsion texnologiyalar samaradorligi tahlil qilindi.
G‘uzor tumanidagi Qorako‘lchilik ilmiy naslchilik tajriba stansiyasida Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti olimlari ishtirokida “Qorako‘lchilikda qo‘zilatish mavsumini samarali tashkil etish va qo‘zilarni bonitirovka qilish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, anjumanda qorako‘lchilik sohasini rivojlantirishda yangi ilmiy innovatsion texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish va ularning samaradorligi tahlil qilindi.