14 Мар 2025

Naslchilik toifasi haqida tushunchalar berildi

   Buxoroda chorvachilik subyektlarini naslchilik toifasiga o‘tkazish, soha rivojidagi qaror va yaratilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyati xususida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
   Anjumanda naslchilik toifasiga o‘tkazishdagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Bazi kamchiliklar shu yerning o‘zida bartaraf etildi. Qolgan chorvachilik xo‘jaliklarini belgilangan muddatda naslchilik toifasiga o‘tkazish bo‘yicha alohida masʼullar biriktirildi.