18 Окт 2023
Xalq tarix yaratuvchisi, millat va til uning ko'zgusi, ma'naviyatning muhim tayanchlaridandir deyishadi, buyuk allomalarimiz. Darhaqiqat, til millatning boyligi, tuganmas xazinasi, ko'zgusi hamdir. Tilni asrash, avaylash, boyitish, mazmunli so'zlash har bir insonning burchi, vazifasi hisoblanadi.
Joriy yilning 18-oktyabr sanasida O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida “Qadring baland bo'lsin, ona tilim” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, O'zbekiston yozuvchilar uyishmasi a'zosi, "Do'stlik" ordeni sohibi To'lqin Eshbekov, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, "Sog'lom avlod uchun" ordeni sohibasi Xolmirzayeva Sayyora Shukurovna, xizmat xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o'rinbosari Abror Akbarov soʼzga chiqib, yigʼilganlarni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 34 yilligi bilan tabrikladi. Prezidentimiz qaroriga koʼra, bu yil ushbu sana umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotganini taʼkidladi.
Tadbirda notiqlar tomonidan xalqimiz ayniqsa, yoshlar ongida milliy o'zlikni anglash, ular qalbida o'z Vatani bilan faxrlanish tuyg'ularini mustahkamlash, til xalqning ma'naviyat ko'zgusi, tafakkur xazinasi mahsuli ekanligi xususida so'z yuritildi.
Tadbirda, tashkilotchilar tomonidan vediorolik namoyish etilib, "Til viktorinasi" tashkil etildi. Viktorinada faol ishtirok etgan tinglovchilarga estalik uchun kitoblar ulashdi.
Inson til orqali fikrini bayon qiladi, tushuntiradi. Til orqali ilm oladi, milliy qadriyatlarni anglab etadi. Demak, davlat tiliga hurmatda bo'lish, har birimizning muqaddas burchimiz bo'lmog'i lozim.
Zero, til bor ekan millat barhayotdir!
Qadring baland bo'lsin, ona tilim!