9 Авг 2024

SIYOSIY-MA’RIFIY SOATLAR

SIYOSIY-MA’RIFIY SOATLAR
Davlat xizmatchisi davlat, jamiyat va ularning harakati, xalq turmush tarzi va mamlakat taraqqiyoti orasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. U har qanday ijtimoiy guruhda taraqqiyotga intilishning siyosiy jihatdan strategik, taktik yo‘nalishlarini, huquqiy jihatdan faoliyat imkoniyatlari va chegaralarini, iqtisodiy jihatdan shart-sharoitlari, moddiy asoslari va mahsulotlarini, ma’naviy jihatdan esa tarbiyaviy, ma’rifiy va madaniy darajasini shakllantirishning bosh sababchisidir.

Shunga ko‘ra, tafakkurining to‘g‘ri shakllanishi uchun xizmatchi zamonaviy axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi talab etiladi.

An’anaga aylangan juma kunlarida o‘tkazilayotgan siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatlari vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman va shahar hokimliklari xodimlari uchun mazmunli va foydali  bo‘lmoqda. Bugun ham Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xodimlari uchun siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi.