14 Мар 2025

Veterinariya-sanitariya qoidalari tushuntirildi

   Jizzax viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash bo‘limi Karantin guruhi xodimlari bilan hamkorlikda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida  dehqon bozorlari hamda savdo nuqtalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
   Shuningdek, mahsulotlarni saqlash  hamda veterinariya-sanitariya qoidalari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.