18 Мар 2025

YAYLOV DEGRADATSIYASINING OLDINI OLISH BO‘YICHA MILLIY DASTUR YARATILADI

YAYLOV DEGRADATSIYASINING OLDINI OLISH BO‘YICHA MILLIY DASTUR YARATILADI
Mamlakatimizda yaylovlarni muhofaza qilish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yaylov xo‘jaligini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, sohada boshqaruvning ixcham va samarali tizimini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentning 2025 yil 30 yanvarda qabul qilingan “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Jabborov mazkur farmon ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida O‘zA muxbiri savollariga javob berdi.