8 Янв 2025
Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokidagi “Chorvachilik sohasini barqoror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi to‘g‘risida
1. Loyihani amalga oshirish uchun asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi PQ-84 sonli qarori.
2. Loyihani kuchga kirishi: 2022 yil 3 iyun (Fransiya taraqqiyot agentligining AFD/TAC/OUT/2022/114-sonli xati).
3. Loyihaning maqsadi: Qishloq xo‘jaligi va agrosanoat korxonalari hamda fermer xo‘jaliklarining kapital qo‘yilmalarini kredit liniyalari bo‘yicha moliyalashtirish, kichik fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini kengaytirish uchun kredit berish, kooperativlarni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha kichik loyihalarni moliyalashtirish, qishloq joylarda ish o‘rinlari yaratish va qishloq aholisi daromadlarining o‘sishiga hissa qo‘shish.
4. Loyihaning umumiy qiymati: 147,1 mln. Evro, shu jumladan:
- Fransiya taraqqiyot agentligi qarzi – 100 mln. Evro; - O‘zbekiston Respublikasi ulushi – 17,1 mln. Evro; - Benifitsiarlar ulushi – 29,96 mln. Evro.
5. Qarz bitimi: Qarz bitimi 2021 yil 28 iyunda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Moliya vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida “Qarz bitimi” imzolangan (CUZ1018 01 S).
6. Loyihani amalga oshirish davri: 2022-2026 yillar (5 yil).
7. Qarz bitimi yopilish sanasi: 2026 yil 30 iyun.
8. Loyiha hududi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi.
Loyihaning FTA tomonidan jalb qilinadigan qarz mablag‘lar
100,0 mln. Evroni (118,0 mln.AQSH dollarini) tashkil etadi. (2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-sonli qarorga asosan 1 Evro – 1,18 AQSH doll. ekvivalentida xisoblangan). Loyiha kuchga kirganidan 29.07.2023y. kuniga qadar FTA xisobraqamidan jami 54,2 mln Evro (58,8 mln. AQSH doll.) mablag‘lar yechib olindi. (O‘zR Prezidentining PQ-459-sonli qarori bilan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan Loyiha doirasida 2024 yil oxirigacha jami 27,65 mln. Evro yoki 30,0 mln. AQSH doll. qiymatiga teng mablag‘lar o‘zlashtirilishi reja-prognoz belgilangan. Amalda loyiha mablag‘lari 2024 yil 31 dekabr oyiga qadar
27,66 mln. Evro (30,02 mln AQSH doll.) miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilgan.
2024 yilda tijorat banklari tomonidan jami 95 ta sub-loyiha moliyalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida 4 komplekt parranda yetishtirish uskunalari, 960 bosh mayda shoxli va 442 bosh yirik shoxli qoramollar, 1 266 021 bosh parranda va jo‘jalar, 30 143 kg zotli baliqlar, 43 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport vositalarini sotib olish uchun, 472 tonna xom-ashyo va 924 tonna yem-ozuqa mahsulotlari, 2 ta parranda fermasini sotib olish uchun, 4 ta chorva binolarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek baliq hovuzlarini qazish, obodonlashtirish va tozalash xizmatlarini sotib olish uchun sub-loyihalar moliyalashtirilishi natijasida jami 966 ta yangi ish o‘rinlari, shu jumladan 129 nafar xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.