Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish ijrosi yuzasidan
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Chorvachilik sohasini rivojlantirish
(2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish
ijrosi yuzasidan
M A’ L U M O T
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ilg‘or xorijiy texnologiyalarni faol joriy etish, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5 iyuldagi Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-211-son qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasi Raisining 2023-yil 7-iyuldagi 53-4/ch sonli buyrug‘iga asosan yuridik maqomga ega bo‘lgan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilgan hamda Davlat xizmatlari markazi tomonidan
2023-yil 10-avgustdagi №2238792-sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan.
Loyihani amalga oshirish guruhi ma’lumotlariga asosan (28.12.2023 yildagi NN/136-13-son xat) hozirgi kunda, loyiha doirasida kredit mablag‘larini tijorat banklari orqali chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyixalarini moliyalashtirish uchun Respublikamizning 14 ta tijorat banklariga loyihada ishtirok etishlarini so‘rab, taklif xatlari yuborilgan.
Ushbu takliflarga 3 ta tijorat banklari (Xalq banki, Mikrokreditbank, Turon bank) tomonidan loyihada ishtirok etishga rozilik bildirgan.
Qo‘mita bilan AT Xalq banki va ATB Mikrokreditbank o‘rtasida “Qayta kreditlash to‘g‘risida”gi bitimlari imzolanib, 2023 yilning 25 noyabrdagi
02/22-2226-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga imzolash uchun kiritildi. Ushbu bitimlar 2024 yilning 26 fevralida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan imzolandi.
Qo‘mita, ATB “Turonbank” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o’rtasida 2024 yilning 11 iyunida “Qayta kreditlash to‘g‘risida”gi bitim imzolandi.
Jaxon bankining talablaridan kelib chiqib, loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarini loyihada ishtirok etish uchun moliyaviy xolatini baholash (Due diligence) belgilab qo‘yilganligi sababli, AT “Xalq banki”, ATB “Mikrokreditbank” va ATB “Turonbank”lari xalqaro konsultant tomonidan moliyaviy ko‘rsatkichlari baholash amalga oshirildi.
Loyiha doirasida mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy banki bilan kelishildi va Qo‘mita tomonidan tasdiqlanib loyihada ishtirok e’tuvchi tijorat bankalriga yuborilgan.
2023 yil 21-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan investitsiya forumida veterenariya sohasidagi investitsiyalar loyihalari taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda mas’ul vazirlik va idoralar, xalqaro moliya institutlari va ommaviy axborot vakillari ishtirok etib, unda loyiha to‘g‘risida keng ommaga ma’lumot berildi. Shuningdek loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan tadbirlar haqida taqdimotlar o‘tkazildi, tegishli vazirlik va idoralar hamda mutaxassislar ishtirokida ushbu tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari muxokama qilindi. Seminar-forum xaqidagi telereportaj “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatildi.
2024 yilning yanvar-dekabr oylari tijorat banklari kesimida ATB Mikrokredit bank tomonidan 27,6 mln AQSh dollari miqdorida 52 ta sub-loyihalar, ATB Xalq banki tomonidan 5,7 mln AQSh dollari miqdorida 41 ta sub-loyihalar, ATB Turon bank boʼyicha 1,6 mln AQSh dollari miqdorida 11 ta sub-loyihalar taqdim etildi va Jahon banki mablagʼlari hisobidan jami 103 та sub-loyihalar 34,9 mln AQSh dollari miqdorida moliyalashtirildi.
Shu bilan birga, Loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari tomonidan 10,2 mln AQSh dollari miqdorida 18 ta sub-loyihalar shakllantirilgan (Xalqbankida 8 ta loyiha qiymati 3,8 mln dollar, Mikrokredit bankda 7 ta loyiha qiymati 3,8 mln dollar, Turon bankda 3 ta loyiha qiymati 2,6 ming dollar). Shundan tuman banklarida 3,2 mln. dollarlik 9 ta sub-loyihalar, viloyat banklarida 5,6 mln. dollarlik 4 ta sub-loyihalar hamda Respublika Bosh banklarida 1,4 mln dollarlik 5 ta sub-loyihalarning sub-kredit xujjatlari rasmiylashtirilmoqda.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Loyihani amalga oshirish guruhi tomonidan jami qiymati 2 mln 45 ming dollarlik
13 ta shartnoma tender paketlari boʻyicha tovar va xizmatlar xaridlari amalga oshirildi, shuningdek umumiy qiymati 29 mln 270,0 ming dollar bo’lgan 2 ta tender savdolari bo’yicha kelib tushgan tender takliflarni baholash jarayoni yakunlanmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha tender savdolari xaqidagi e’lonlar Jaxon banki va ichki qonunchilik talablariga muvofiq Qo‘mitaning rasmiy www.vetgov.uz veb-sayti va tenderweek.com veb-saytlariga joylashtirib boriladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rasmiy veb-saytida (https://www.vetgov.uz/uz/investitsion-faoliyat/tash-i-arz/khal-aro-tiklanish-va-tara-iyet-banki-va-khal-aro-123) loyiha yuzasidan ijtimoiy va ekologik boshqaruv asoslari kiritilgan.