2 Ноя 2023
Barchaga ayonki, millatning millat bo‘lib yuksalishida davlat tilining ahamiyati katta. U har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois davlat tili tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiladigan barcha xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan olinadi. Davlat tili mamlakatda yashaydigan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadi. Xalqning davlat sifatida rivojlanib, yuksalishiga asos bo‘ladigan boshqa omillar kabi davlat tili shu yurtda yashovchi fuqarolarning or-nomusi, g‘ururi kabi ulug‘lanadi. Buyuk ajdodlardan avlodlarga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, mavqeini yanada oshirish borasidagi fikrlari, kuzatishlari, xulosayu nasihatlari qalbida milliy g‘ururi bor, o‘zligini anglagan har bir yurtdoshimizga qiziq.
Shu munosabat bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining bir guruh xodimlari uchun Adiblar xiyobonida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda “Milliy standart” ilmiy-texnik jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi, shoira Zilola Xoʻjaniyozova qatnashdi. Tadbir ishtirokchilari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Har kunim bayraming ona tilim