17 Фев 2025

AJDODLARGA EHTIROM

AJDODLARGA EHTIROM
    Ma’lumki, ma’naviy boyliklar avloddan avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o‘tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o‘tmishdagi, hozirgi davridagi ma’naviy jihatdan g‘oyat qimmatli, o‘chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi.
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi, balki sifat jihatdan yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his-tuyog‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloq odobni ezgulik sari yetaklaydi.
    Oʻzbek milliy adabiyoti haqida soʻz ketganda, Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur Hazratlarining maʼnaviy xazinasiga toʻxtalmaslikning sira iloji yoʻqdir. Butun dunyoga nomlari mashhur boʻlgan ushbu ajdodlarimiz eng qiyin davrda yashab, ijod qildilar. Ular oʻsha davr va oʻzlarigacha boʻlgan insoniyat maʼnaviyati, maʼrifati va madaniyati yutugʻining barcha sohalarini mukammal bilib va oʻzlashtirib olgan, oʻzlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan choʻqqilarini egallagan ulugʻ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari boʻlganlar.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasida Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlangan “Ajdodlarga ehtirom” mavzusida adabiy kecha tashkil qilindi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi mas’ul xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rustam Tursunov (Mirvohid) ishtirok etdi.