15 Июл 2024
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining 2024-yil 23-maydagi 20-son yig‘ilish bayonida 2024-yil II yarimyillikdan boshlab maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi holatni joylarda o‘rganish, faoliyatni baholash mezonlari asosida alohida eʼtibor talab etiladigan tashkilot, korxona va muassasalarni aniqlab, ularda ishlarni o‘nglash bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish topshirig‘i belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-13-iyul kunlari Andijon viloyatida
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining davlat tili boʻyicha maslahatchisi M.Abduxakimova, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutning Maʼnaviyat va yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori A.Maxsutaliyev, Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi bosh mutaxassisi K.Ortiqova, Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Yuldashevalardan iborat ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasida, viloyat oʻsimliklar karantini boshqarmasida, viloyat agroinspeksiya boshqarmasida, Andijon shahar, Asaka, Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq veterinariya boʻlimlarida, Asaka tumani qishloq xoʻjaligi hamda oʻsimliklar karantini boʻlimlarida, “Doʻstlik” chegara bojxona postida oʻrganishlarda boʻlishdi.
Oʻrganishlarda tashkilotlarning maʼmuriy binolari davlat ramzlari, zamonaviy va davr talablariga mos targʻibot vositalari bilan jihozlanishi, xodimlarni sohada amalga oshirlayotgan islohotlardan boxabar qilish uchun “maʼrifat soatlari” uchun tayyorlangan videodarslar bilan tanishtirilganligi, sohada maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qabul qilingan 2024-yil uchun “YOʻL XARITASI”ning bajarilishi, xodimlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning tashkil etilganligi, ularni teatr, kino, konsert, muzey va boshqa tarixiy ziyoratgohlarga tashriflarini uyushtirilganligi, xodimlarning sport-sogʻlomlashtirishga jalb etilganligi, davlat tilini oʻrganish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning tashkil etilganligi, davriy matbuotga obuna boʻlganligi, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini oʻrganish yuzasidan xodimlarga sharoitlar yaratilganligi, idoraviy kutubxona yoki “maʼnaviyat burchagi”ning tashkil etilganligi, internet tarmogʻidagi rasmiy veb-sayt, telegram kanallarining lotin yozuviga oʻtkazilganligi, ish qogʻozlari, blank, muhrlar, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va idoraviy hujjatlarning toʻliq lotin yozuviga oʻtkazilganligi, maʼnaviy-maʼrifiy, davlat tilini joriy qilish boʻyicha masʼul xodim belgilanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tahlil qilindi. Sohada belgilangan topshiriqlar va ularning ijrosi yuzasidan joyida amaliy-uslubiy yordamlar berildi, ishlarni tizimli tashkillashtirish boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazildi.
Shuningdek, viloyat qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, oʻsimliklar karantini, agroinspeksiya boshqarma va ularning hududiy boʻlimlarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda davlat tili ishlariga masʼul xodimlar uchun viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi anjumanlar zalida seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Andijon viloyati boʻlimi boshligʻi A.Nurmatov, Andijon viloyati hokimining davlat tili boʻyicha maslahatchisi A.Hamroqulovlar ishtirok etishdi. Seminarda masʼul xodimlar uchun “Qishloq xoʻjaligi tizimida maʻnaviy-maʻrifiy ishlarni tashkil qilish” mavzusida maʼruza qilinib, tushuntirishlar berdildi. Tizim tashkilotlaridan kelgan faol masʼul xodimlarga esdalik uchun sovgʻalar berildi.
ANDIJONDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISHLAR, DAVLAT TILINI JORIY QILISH BORASIDAGI HOLATLAR OʻRGANILDI