19 Май 2024
Universitetda Veterinariya fakultetini 1995-yilda bitirgan bitruvchilarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda sobiq bitiruvchilar universitetdagi yangilik va oʻzgarishlar, 30 yil davomida bitiruvchilarning erishgan yutuqlari toʻgʻrisida suhbatlashishdi.
Uchrashuv avvalida bitiruvchilar nomidan tadbir tashkilotchilaridan biri O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B. Norqobilov hamda universitet rektori, professor X.Yunusov tashrif qog‘oziga aylangan, qirg‘og‘ini dengiz to‘lqinlari yuvib turgan oroldagi turli hayvonlar va birinchi veterinar shifokor doktor Aybolit siymosi aks etgan monumentni ochib berib, uning yaratilish tarixi, ma’no-mazmuni haqida toxtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov foydalanishga topshirilgan yangi o‘quv binoda yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonalari, laboratoriyalar bilan tanishib, yuqori baho berdi.
- Rosti sizlarga havasim kelayapti, - dedi o‘quv xonalarida talabalar bilan suhbatda Bahrom Norqobilov. – Sizlarning o‘qib, ta’lim olishlaring uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng muhimi, sizlar o‘z sohalaringizni yaxshi bilib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlaring lozim.
Shuningndek, Bahrom Norqobilov jamiyatda veterinariya kasbining muhimligi va insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida gapirib, Qo‘mita va universitet tomonidan soha rivoji yo‘lida olib borilayotgan ijobiy ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir yangi bino “Madaniyat saroyi”da davon etib, unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Norqobilov hamda universitet rektori, professor X.Yunusovlar bitiruvchilarnining o‘ttiz yil davomida veterinariya sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi, jamiyatda veterinariya kasbining muhimligi va insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida gapirib, Qo‘mita va universitet tomonidan soha rivoji yo‘lida olib borilayotgan ijobiy ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida “Ustozlar xotirasi” videoroligi namoyish etildi. Faxriy ustozlar nomidan professor Norboyev Qurbon Norboyevich, faxriy bitiruvchilar nomidan Abduxoliqov Haqqul Xoliqulovich so‘zga chiqdi. Universitet iqtidoqli talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi.
FAXRIY BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI