26 Апр 2024
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini mustahkamlash, “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili ostida turli koʻrinishdagi maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatini tushuntirishga qaratilgan “Islom – ilm va ma’rifat dini” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining mas’ul xodimi Yuldashev Muhammadbobur Abdurahmonovich qatnashdi.
Suhbatda «Jaholatga qarshi maʼrifat» tamoyili asosida ekstremistik gʼoyalar taʼsiridan xalqimizni himoya qilishda sof Islom aqidasini keng yoyish, chiroyli pandu nasihat qilish va aholi ilm-maʼrifatini boyitishga katta urg‘u qaratilayotgani alohida qayd etildi.
“Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.
Inson tanasi uchun jon qanchalik muhim bo‘lsa, uning ma’naviyati, ruhiyatining teranligi uchun ilm shunchalik ahamiyatli sanaladi. Inson ilm egallash yo‘lidan yursa yuksaladi, aks holda tubanlikka, johillikka yuz tutadi. Bu foniy dunyoda ilmdan bebahra qalblar jonsiz jasadga o‘xshaydi. Alloh bu olamni cheksiz ilmu hikmat bilan yaratgan. Inson aql va tafakkur vositasida bu ilmlardan xabardor bo‘ladi, moddiy va ma’naviy hayotda yuksaklikka ko‘tariladi. Ilm inson tafakkuriga nur baxsh etadi. U shu nur orqali haqiqatni topadi. Ilm insonni doimo yuksak martabaga erishtiradi. Mana shuning uchun ham islom manbalari Qur’oni karim va hadislarda ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo‘lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi”, - dedi islomshunos olim Muhammadbobur Yuldashev.
Tadbir davomida xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
ISLOM – ILM VA MA’RIFAT DINI