15 Мар 2025

Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Promeat” va "Qobil omad" fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurdi

Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Promeat” va "Qobil omad" fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurdi
Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Promeat” va "Qobil omad" fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurdi.
Xo‘jaliklarda amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, sut va go‘sht ishlab chiqarishni yana-da rivojlantirish, talabalar bilan dual talim yo‘nalishida ishlarni tashkil etish kabi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bugungi kunda “Promeat” MCHJ va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, universitetning talabalari mazkur chorva fermasida amaliyot olib boradi.
Xo‘jalikda raqamli texnologiyalar joriy qilingan bo‘lib, qoramollarni parvarishlash, profilaktika, suniy urug‘lantirish va boshqa tadbirlar har bir qoramol uchun manzilli ravishda elektron tizim nazorati orqali boshqariladi. Qoramollarning har bir boshidan bir kunda o‘rtacha 30-33 litr sut sog‘ib olinadi.