24 Дек 2024

Qo‘ychilikdagi ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi

Prezident Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislari va bir guruh olimlardan iborat yurtimiz delegatsiyasi Tojikistonda bo‘lib turibdi.
     Safar davomida Tojikiston qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasi prezidenti Amonullo Salimzoda, Agrar universiteti rektori Usmon Mahmadyorzoda hamda Chorvachilik va yaylov ilmiy-tadqiqot instituti direktori Xurshed Davlatov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida qo‘ychilik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi.
     Shuningdek, qo‘mita huzuridagi Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan kelgusida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlash borasida ikki tomonlama memorandum imzolandi.