28 Фев 2025

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida murojaati........

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida murojaati........
     Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabb­uslari bilan mamlakatimizda korrup­siyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurili­shining barcha sohalarida korrupsiya omillarga chek qo‘yishga qaratilgan ti­zimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari misolida ham ko‘rish mumkin.
     Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, qo‘mita tizimida ham kor­rupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshi­rilib, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
     Jumladan, korrupsiya xavfini baholash, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘rgatish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuni alohida taʼkidlamoqchiman­ki, qo‘mita tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standart­larga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilishi nati­jasida, qo‘mita 2023-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro stan­darti sertifikatiga ega bo‘ldi.
     Ushbu xalqaro standart talablariga muvofiq qo‘mita va uning  tizim tashkilot­lari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqaruv ti­zimi joriy etildi. Xususan, xalqaro standart talablaridan kelib chiqqan holda, qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayot­gan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, xalqaro standart talablari bo‘yicha qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 10 dan ortiq ichki idoraviy huj­jatlar ishlab chiqilib, qo‘mita tizi­mida amaliyotga joriy etildi.
     Shu bilan birga, qo‘mita tizimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni profilaktika qi­lish va ularga barham berishga qaratil­gan vazifalar va yo‘nalishlar belgilab olinib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, shuningdek, ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
     Shuningdek qo‘mita tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muno­sabatni shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga doir targ‘ibot tadbir­lari, qo‘mita tizimida faoliyat yuri­tayotgan xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘quv seminarlari, treninglar, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etib borilmoqda.
     Shu o‘rinda qo‘mita tizimida fao­liyat yuritayotgan barcha xodimlarga shuni alohida taʼkidlagan bo‘lar edimki, kor­rupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoy­iliga tayangan holda korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etmang, boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilmang, pora olish yoki g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeingizdan noqonuniy foydalanmang!
     Sizlar, mehnat faoliyatingizdagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mu­staqil xulq-atvor namunasi bo‘lishingiz, o‘z mansab majburiyatingizni bajari­shingiz doirasida, korrupsiyaning barcha shakllari va ko‘rinishlariga murosa­siz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va qabul qilin­gan ichki hujjatlarga rioya qilishingiz lozim.
     Biz shuni unutmasligimiz kerak­ki, korrupsiya maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotining inqiroziga olib keladi. Hozirda kor­rupsiyaga qarshi kurashish maqsadlari­ga faqat tashkiliy-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
     O‘ylaymanki, jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz masʼuldir. Biz korrupsiyaning oqibat­lari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz lozim. Shunday ekan, davlat va jamoat tashkilotlari bu illatni oldini olishi va unga qarshi kurashishda hamjihat bo‘lishi samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
     Asosiy faoliyatimiz yo‘nalishlari bo‘lgan  veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida  xamda chorvachilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish,  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi doirasida yaylovlarni asrash, ekologik va boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalarimizni amalga oshirishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya omillari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni o‘zimizga ustuvor vazifa qilib olishimiz darkor.
     Bunda vatanparvarlik, sodiqlik va masʼuliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, har bir mutaxassis xodim oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, holis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
     Davlat xizmatchisi eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va eʼtiborini qozona oladi. Shunday ekan, go‘zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik.
     Hurmatli fuqarolar, tadbirkorlar va soha xodimlari!
     Qo‘mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi bo‘l­sangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlar­ga ega bo‘lsangiz, qo‘mitaning quyida keltirilgan aloqa kanallari orqali o‘z murojaatlaringizni qoldirishingiz mumkin.
Ishonch telefoni: +998 71 202 12 00 (ichki 201) va +998 71 276 01 18
     Telegram bot: @vetlegnewsbot
     Rasmiy veb sahifa: info@vetgov.uz devonxona@vetgov.uz
     Elektron pochta manzili: http://my.vetgov.uz/
     Yo‘llangan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘riladi.