10 Авг 2024
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender tengligi, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, boshqa maqsadlar doirasida ijtimoiy tenglik masalalarini ta’minlash yetakchilik qilishini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston ko‘plab davlatlar qatori Barqaror rivojlanish maqsadlarining faol tarafdorlaridan hisoblanadi va ularni 2030-yilgacha amalga oshirish bo‘yicha Milliy indikatorlar tizimini ishlab chiqqan. Bu xotin-qizlarga ta’lim olish, mehnat faoliyati va boshqa har qanday harakatlarda erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratib berishning jahon talablariga mos, shu bilan birga, o‘zimizgagina xos bo‘lgan chora-tadbirlarini nazarda tutadi.
Jamiyatda gender tenglikni ta’minlash esa avvalo ayoldagi yaratuvchanlik, tinchlikka intilish, himoya qilish, asrash kabi hissiy fazilatlarning namoyon bo‘lishi, mamlakatning turli sohalarida rivojlanishning ta’minlanishi, aholi farovonligining o‘sishi, sohalardagi mavjud kamchilik va muammolarning bartaraf etilishiga sabab bo‘ladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xodimlari uchun bugun ana shu mavzularga bag‘ishlangan “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishda gender masalalari” seminar o‘tkazildi. Tadbirda “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi Adiba Axmedjanova hamda Qo‘mita gender Maslahat-kengashi raisi Malika Abduxakimovalar tomonidan gender, agrar sohadagi ayollar faolligiga oid zaruriy tushuncha va ma’lumotlar berildi.
VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA GENDER MASALALARI