3 Окт 2024
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari veterinariya va chorvachilikni rivolantirish boshqarmalarida, Sho‘rchi tumani veterinariya va chorvachilikni rivolantirish boʻlimlarida joriy yilning 23-27-sentabrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi M.Abduxakimova ishtirokida“Xotin-qizlarning faolligini oshirish – dolzarb masala” mavzularida seminarlar tashkil etildi.
Тadbirlarda yurtimizda xotin-qizlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, xususan, 401-sonli qarorning mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi.
Mazkur qarorga koʻra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, sud tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030-yilga qadar 30 foizga yetkazish belgilandi. Kasanachilik va hunarmandchilik yoʻnalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berildi.
Seminarda veterinariya va chorvachilik sohasida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan xotin-qizlarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berildi.
Ushbu tadbirlarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda huquqiy savodxonligi oshirildi. Sohada erkaklar va xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha yurtimizda olib borilayotgan gender strategiyasi haqida maʼlumotlar berildi. Uchrashuv yakunida yigʻilish ishtirokchilaridan ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazildi.
XOTIN-QIZLARNING FAOLLIGINI OSHIRISH – DOLZARB MASALA