21 Фев 2025

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida seminar

Joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha tushunchalar berildi.

✅Seminarga filial direktori Xamdamov Xabibulo Ablokulovich raislik qildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i K.Kariyev ishtirok etib, mazkur yo‘nalishda Qo‘mitaning tizim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy asoslar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat organlari va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini takomillashtirish masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

✅ Shuningdek, seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash, korrupsion holatlar bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish, ishonch telefonlari faoliyatini takomillashtirish va ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Xodimlarni ishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash hamda yangi qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitish ishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, davlat xaridlari jarayonida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Семинар 1 Семинар 2 Семинар 3 Семинар 4 Семинар 5 Семинар 6