3 Апр 2024

AYOL — JAMIYAT MEZONINI BELGILOVCHI KUCH

 AYOL — JAMIYAT MEZONINI BELGILOVCHI KUCH
Har qaysi millat va xalqning ma’naviy kamolotini belgilovchi, ta’lim-tarbiyasini takomillashtiruvchi bu — ayoldir. Shu nuqtayi nazardan qaralsa, ayollarni ulug‘lab, ardoqlab yashaydigan xalq o‘zining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalda namoyon qiladigan millat sifatida hurmat qozonadi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Malika Abduxakimovaning SamDVMCHBUda universitet xotin-qizlari bilan “Ayol – jamiyat mezonini belgilovchi kuch” mavzusida o‘tkazgan davra suhbatida ham shu haqida so‘z bordi.

O‘zbekistonda xotin-qizlar haq-huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish  va qo‘llab-quvvatlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘ling