11 Мар 2025

Tergovga qadar surishtiruv davom etmoqda

   Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kattaqo‘rg‘on tumani “Sho‘rak” qishlog‘ida yashovchi fuqaro xonadonida kushxona tashkil etib, eshaklarni so‘yib, go‘shtini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi” mazmunidagi xabarlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
   O‘rganishlar davomida Kattaqo‘rg‘on tumani “Yangiqo‘rg‘oncha” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Qirish” kanaliga eshak suyaklari tashlab ketilganligi, shuningdek “Alijon” MFY, Navro‘z ko‘chasida yashovchi fuqarolar X. K va X. N xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda molxonasida 250 kg eshak go‘shti va 4 ta so‘yish uchun tayyorlab qo‘yilgan eshak borligi aniqlandi.
   Ayni paytda tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.